Eng serdaromad aktrisalar kimligi e’lon qilindi

Eng serdaromad aktrisalar kimligi e’lon qilindi

Forbes” jurnali Skarlett Yoxanssonni o‘tgan bir yil davomida eng ko‘p daromad topgan aktrisa deb e’lon qildi. Aktrisa 2017 yil iyundan 2018 yilning analogik davrigacha 40,5 million AQSh dollari ishlab topgan.
 
Nashrning yozishicha, Yoxansson uchun “Qora beva” filmida Qasoskorlar qatoridagi rus josusi roli omadli bo‘lgan va aktrisaning daromadini oshirgan.
 
Ikkinchi o‘rinda o‘tgan bir yil davomida 28 million AQSh dollari miqdorida daromad olgan Anjelina Joli qayd etilgan. “Qarg‘a tusli ayol 2” filmidagi roli sabab aktrisa shu darajada katta foydani qo‘lga kiritgan.
 
“Do‘stlar” teleseriali yulduzi Jennifer Eniston o‘tgan yilga nisbatan bir pog‘ona pastlab, uchinchi o‘rinni egallagan. Uning daromadi 19,5 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Kuchli beshlikni Jennifer Lourens va Riz Uizerspun yakunlagan.
 
Ma’lumot o‘rnida, 2017 yilda mazkur reytingda birinchilikni aktrisa Emma Stoun egallagan. U 12 oy davomida 26 million AQSh dollari ishlab topgan. O‘tgan yili Skarlett Yoxansson ushbu reytingda beshinchi o‘rinda qayd etilgan.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!