Eng katta qo‘chqorning egasi qo‘chqorini million dollarga ham sotmadi (video)

Eng katta qo‘chqorning egasi qo‘chqorini million dollarga ham sotmadi (video)

Gulliver laqabli qo‘chqor Qozog‘istonda o‘tkazilgan zotdor qo‘ylar xalqaro ko‘rgazmasida g‘olib bo‘ldi.

Gulliver – Markaziy Osiyoda eng yirik qo‘chqor deb topildi. U Qirg‘iziston Gissar zotli qo‘chqor hisoblanadi.  Uning og‘irligi 188 kilo, balandligi bo‘ynida bir metrni tashkil qiladi.

Ayrim mehmonlar qo‘chqorning egasi Ablay Mixmanovga million dollarni taklif qilishdi.  

“Menga hatto million taklif qilishganda, men Gulliverni bermadim. U Qirg‘izistonga kerak, bizga bu zotni ko‘paytirish zarur. Tanlovdan keyin Gulliver nafaqat Qirg‘izistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng yaxshi qo‘y deb topildi. Uning yoshi 5,5 yosh, men uni ikki yil oldin sotib olgandim”, - deydi fermer Mixmanov.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!