Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin

Eng kam yillik mehnat ta’tili muddati uzaytirilishi mumkin

Davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat ta’tili 27 kunga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasida belgilab qo‘yilmoqda.

Yangi Mehnat kodeksi loyihasida davlat xizmatchilariga beriladigan yillik asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tilining aniq muddati belgilab qo‘yilmoqda. Ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilariga davomiyligi 27 kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til berilishi mumkin.

Kodeks ushbu ko‘rinishda qabul qilinsa, davlat xizmatchilari uchun kamida 27 kunlik mehnat ta’tili kafolatlanadi. Ayni damda yangi kodeks loyihasi ko‘rib chiqish uchun Senatga jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!