Endilikda Qirg‘izistondagi mahbuslarni internet orqali kuzatish mumkin!

Endilikda Qirg‘izistondagi mahbuslarni internet orqali kuzatish mumkin!

Qirg‘iziston Bosh vaziri Muxammedkali Abilgaziyev Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari bosh boshqarmasi hamda Jazoni ijro etish davlat xizmati monitoring va tahlil markazining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqida hukumat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi boshlig‘ining ta’kidlashicha, hozirda mamlakat hokimiyati huquqni muhofaza qilish va jazoni ijro etish idoralarini isloh qilmoqda. Ularning bosqichlaridan biri bu raqamli texnologiya elementlarini joriy etishdir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarni internet orqali kuzatish mahbuslarni boshqa mahbuslar va qamoqxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlaridan yanada samarali himoya qilishga imkon beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!