Endilikda bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikasiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi

Endilikda bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikasiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi

Oliy Majlis Senatining ellik birinchi yalpi majlisida “Telekommunikasiyalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri Senat tomonidan qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun bilan aholiga va telekommunikasiya sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda.

‘‘Jumladan, bugungi kunda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarning ayrimlarida tegishli infratuzilma ko‘zda tutilmagani sababli qayta qurilish ishlarini olib borishga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida bundan keyin bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikasiya infratuzilmasi majburiy bo‘ladi.

Xususan, ko‘p qavatli uylarda yashovchilarning arizasi bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga binoda mavjud infratuzilmadan beg‘araz foydalanish imkoniyati yaratiladi. Operatorlarga telekommunikasiya infratuzilmasi ob’ektlaridan birgalikda foydalanishga ruxsat beriladi’’, — deyiladi yuqori palata axborotida.

Qonun bilan telekommunikasiya sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Qonunga ko‘ra, bank, to‘lov tizimi, to‘lov tashkiloti va elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni ko‘rsatishda telekommunikasiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun lisenziya talab etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!