Endi tushni qayta tiklash mumkin — olimlar

Endi tushni qayta tiklash mumkin — olimlar

Rossiyalik olimlar ko‘rilgan tushni qayta tiklay oladigan moslamani ishlab chiqdi. Bu haqda Milliy texnologiyalar bo‘yicha tashabbus platformasiga asoslanib, «MIR24» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ixtiro neyrogarnitura ko‘rinishida bo‘lib, Moskva fizika-texnika institutining neyrorobototexnika laboratoriyasi tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, inson boshiga kiydiriladigan ushbu qurilma ish jarayonida kechasi ko‘rilgan tushni «miya-kompyuter» interfeysiga jo‘natadi. Uning yozib olinishi esa elektroensefalografiya va neyron tarmoq yordamida amalga oshiriladi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgacha to‘liq bo‘lmasa-da, bir qancha insonlarning tushi yozib olingan. Mavjud tasvirlar asosida tushning mohiyatini bilish imkoniyati mavjud.

Olimlarning aytishicha, tizimni sinovdan o‘tkazish ikki yil oldin boshlangan bo‘lib, keyingi besh yil ichida uning yordamida tushni bemalol yozib olsa bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!