Endi Oksford universitetida qozoq tili o‘qitiladi

Endi Oksford universitetida qozoq tili o‘qitiladi

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtileu Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuvi chog‘ida Oksford universitetida qozoq tili kurslarini ochish bo‘yicha memorandum imzolanganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston TIV rahbari ta’kidlaganidek, Qozog‘iston va Buyuk Britaniya uchun umumiy qadriyatlardan biri bu inson kapitali. Keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik faol rivojlanmoqda.

“Britaniya fan va ta’lim tizimi talabalarimiz va olimlarimiz uchun doimo jozibali bo‘lib kelgan. Misol uchun, bu yil Londonda Narxoz va Queen's universitetlari o‘rtasida hamkorlik va ikki diplom dasturi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Primus Capital va Ardingly kollejlari o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq Qozog‘istonda ikkita xalqaro maktab ochish ham rejalashtirilgan. Bugun Oksford universitetida qozoq tili kurslarini ochish bo‘yicha memorandum imzolandi”, – dedi Murat Nurtileu.

Unga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Oksford va Manchester universitetlari kutubxonalari hamda Milliy muzeyda qozoq xalqi tarixiga oid muhim qo‘lyozmalar va kitoblar topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!