Elektr energiyasiga noqonuniy ulangan iste’molchiga sud hukmi o‘qildi

Elektr energiyasiga noqonuniy ulangan iste’molchiga sud hukmi o‘qildi

Majburiy ijro byurosi Qamashi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 18.10.2017 yilda o‘tkazilgan monitoring davomida tumandagi Gulshan MFYda yashovchi fuqaro S.Uroqov qonunga zid ravishda yashash uyidagi nonvoyxonasida umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, bir dona loy tandir ichiga qo‘lbola spiral o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga 6.178.052 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 101-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llanilgan.

Bundan tegishli xulosa chiqarmagan iste’molchi umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish jinoyatini qayta sodir qilgan. Ya’ni, 15.11.2018 yilda yashash hovlisidagi nonvoyxonada qo‘lbola loy tandirga metal simni o‘rab spiral yasab, ushbu spiralni yashash uyi yonidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga, ya’ni 0.4 kVt havo liniyasiga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, 15.11.2018 yilga qadar 30240 kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi oqibatida tuman elektr ta’minoti korxonasiga 7 mln. 560 ming so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.04.2019 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudining sayyor sud majlisi bo‘lib, sudning shu kundagi hukmi bilan sudlanuvchi S.O‘roqov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185/2-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 7 oy muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi hamda yetkazilgan zararni tuman elektr ta’minoti korxonasi manfaatlariga undirish belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!