Ektor Kuper: “Xursand bo‘ldim, ammo natijadan emas”

Ektor Kuper: “Xursand bo‘ldim, ammo natijadan emas”

O‘zbekiston-Shimoliy Koreya o‘yinidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiysi Ektor Kuper o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugungi o‘yindan xursand bo‘ldim, ammo buning asosiy sababi g‘alaba emas. To‘g‘ri, g‘alaba har doim yoqimli, ammo menga ko‘proq futbolchilarning o‘yini yoqdi. Eronga qarshi to‘qnashuvdagi xatolarni deyarli takrorlamadik, futbolchilar pressingga ko‘pchilik bo‘lib kirishishyapti. Qolaversa, himoya chizig‘imiz ham yaxshi o‘ynadi. To‘g‘ri, raqib ko‘p hujum uyushtirmadi, ammo, baribir, himoya yaxshi harakat qildi. Qolaversa, yarim himoyadan hujumga o‘tish borasida ham ijobiy o‘zgarishlar bor. Oldingi ikkita o‘yinga qaraganda yaxshi harakat qilganimiz menga yoqdi”, dedi Kuper.

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!