EI Isroilning Falastin hududidagi yangi chegara hududlarini tan olmadi

EI Isroilning Falastin hududidagi yangi chegara hududlarini tan olmadi

Evropa Ittifoqi Isroil moliya vaziri Besalel Smotrichning bosib olingan Falastin hududida beshta yangi Isroil chegara postlarini qonuniylashtirish kerakligi haqidagi bayonotini qoraladi.

"Bu tinchlikka qarshi qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazish uchun yana bir qasddan qilingan urinishdir. Yevropa Kengashining joriy haftadagi yig‘ilishida Yevropa Ittifoqi rahbarlari Isroil hukumatining bosib olingan G‘arbiy Sohilda noqonuniy aholi punktlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qarorlarini qoraladilar va Isroilni bu qarorlarini bekor qilishga chaqirdilar", - deyilgan bayonotda.

Hujjatda eslatib o‘tiladiki, o‘zining uzoq yillik umumiy pozisiyasiga sodiq qolgan holda hamda BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalariga muvofiq, Yevropa Ittifoqi 1967 yildan so‘ng o‘zaro chegaralarga tomonlar roziligisiz kiritilgan o‘zgartirishlarni tan olmaydi.

"Evropa Ittifoqi Falastin milliy ma’muriyatini zaiflashtiradigan harakatlar to‘xtatilishi kerakligini ta’kidlaydi", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyusiyalariga muvofiq, ikki davlatning “tinchlik, xavfsizlik va o‘zaro tan olish sharoitida yonma-yon yashash” yechimiga asoslangan mustahkam va barqaror tinchlikka sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!