Ehtiyot bo‘ling: Ko‘k nur bosh miyani qaritadi!

Ehtiyot bo‘ling: Ko‘k nur bosh miyani qaritadi!

Mobil aloqa vositasi, kompyuter kabi zamonaviy qurilmalardan taralayotgan ko‘k nur insonning uzoq umr ko‘rishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Olimlar ushbu rang insonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaganda ham miya hujayralari va ko‘zning to‘r pardasini jarohatlaydi, deb hisoblashmoqda.

Mutaxassislar buni aniqlash maqsadida oddiygina meva chivinida tajriba o‘tkazishdi. Hasharotga diodchiroqlari yonishi sabab taraluvchi ko‘k nur to‘lqinlari ta’sir ko‘rsatildi va oqibatda unda qarish jarayoni tezlashganligi aniqlandi.

Ko‘k nur elektromagnit nurlanish hisoblanishi sabab, nurlarning har biri o‘z quvvat miqdoriga ega. Masalan, qizil nur past quvvati sabab inson ko‘zi tomonidan yengil qabul qilinadi. Ko‘k nur esa eng katta quvvat manbaiga ega bo‘lib, ko‘z to‘r pardasigacha kirib borish xususiyatiga ega. Buning oqibatida ko‘z tez charchaydi.

Tajribada chivinlar uch guruhga ajratildi. Birinchi guruh chivinlarini 12 soat yorug‘likda, 12 soat qorong‘ulikda saqlashgan. Ikkinchi guruh “ishtirokchilari” esa ajratilgan vaqt ichida faqatgina qorong‘ulikda tutib turilgan. Uchinchi guruhda chivinlarga faqat ko‘k nur orqali ta’sir ko‘rsatilgan.

Olingan natijalarga ko‘ra, birinchi guruhdagi chivinlarning umri qisqargan. Faqat ko‘k nur ta’sirida saqlangan chivinlarda bosh miya hujayralari va ko‘zning to‘r pardasida jiddiy zararlanish qayd etilgan.

Olimlarning xulosa qilishicha, tabiatdagi tabiiy nurlar organizmdagi fiziologik jarayonlar uchun o‘ta muhim ta’sir ko‘rsatadi. Sun’iy ko‘k nurlar esa miya qarishi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, uyqu buzilishi kabi bir qator muammolarga sabab bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!