Efiopiyalik Jahon rekordchisi Olimpiada finalida hushidan ketdi

Efiopiyalik Jahon rekordchisi Olimpiada finalida hushidan ketdi

3000 metrga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha jahon rekordchisi Lamexa Girma (Efiopiya) Olimpiada finalida hushidan ketdi.

U oyog‘i bilan to‘siqqa urilib ketishi natijasida yiqildi va turolmay qoldi.

Efiopiyalikni zambilda olib ketishdi va u shifoxonada o‘ziga keldi.

Girma Tokio Olimpiadasining 3000 m masofaga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha kumush medali sovrindori, shuningdek, u 2023 yil yopiq inshootlarda kechgan musobaqada 3000 m masofaga yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan.

Final poygasida marokashlik Sufian El‑Bakkali 8 daqiqa 6,05 soniya natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada oltini bo‘ldi (bundan oldin sportchi ushbu yo‘nalish bo‘yicha Tokio-2020 O‘yinlarida g‘olib chiqqan). Kumush medal amerikalik Kennet Ruks (8.06,41), bronza medali esa keniyalik Abraxam Kibivotga (8:06,47) nasib etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!