ECHL. Safarda "Yuventus"ni mag‘lub etgan "Ayaks" yarimfinalga chiqdi

ECHL. Safarda "Yuventus"ni mag‘lub etgan "Ayaks" yarimfinalga chiqdi

Yuventus Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yini doirasida o‘z maydonida Ayaks ni qabul qildi.

Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

28-daqiqada Ronaldu maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib, van de Bek oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gol 67-daqiqada de Ligt tomonidan kiritildi.

Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Shu tariqa, Ayaks ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarimfinalga chiqdi.

Yuventus Ayaks 1:2

Gollar: 1:0 28 Ronaldu, 1:1 34 van de Bek, 1:2 67 de Ligt.
Yuventus Shchensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilyo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Jan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).
Ayaks Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 88), Tadich, Shene, Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Jan (69), Ronaldu (90).

Ilk uchrashuv 1:1

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!