Do‘zax o‘tidan saqlanish necha so‘m?

A A A
Do‘zax o‘tidan saqlanish necha so‘m?

O‘zingizni do‘zax o‘tidan saqlab qolish uchun necha so‘m bergan bo‘lardingiz? Million so‘m? Milliard so‘m? Necha so‘m?

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Bir xurmoning yarmi bilan bo‘lsa ham do‘zax o‘tidan saqlaninglar», dedilar».

Bir xurmoning og‘irligi taxmiman 20 gramm. O‘rtacha sifatli xurmoning bir kilosi 100 000 so‘m. 

Bir dona xurmoning narxi 2000, yarimtasi 1000 so‘m. 

«Bir xurmoning yarmi bilan bo‘lsa ham do‘zax o‘tidan saqlaninglar»

Atigi 1000 so‘m.

Ijtimoiy tarmoqlarda turli ko‘rinishda yordam so‘ragan e’lonlarni ko‘rasiz. Yordam bergingiz keladi, lekin pulingiz kam. Oz berishga xijolat qilasiz. 

Aslo.

«Bir xurmoning yarmi bilan bo‘lsa ham do‘zax o‘tidan saqlaninglar».

1000 so‘m bilan do‘zahdan qanday qutulib qolish mumkin, deb o‘ylayotgandirsiz?

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Mo‘min banda bitta xurmo donasini yoki shuncha keladigan pok narsani sadaqa qiladi. Alloh pokdan boshqa narsani qabul qilmaydi. Bas, u Alloh Tabaroka va Taoloning qo‘liga tushadi. Bas, U zot uni biringiz toychog‘ini o‘stirganidek, katta adirdek bo‘lgunicha tarbiya qiladi», dedilar».

Siz sarflagan 1 dona xurmo Qiyomatgacha o‘sib-o‘sib bir adir bo‘ladi. Qanday yaxshi sarmoya-a?!

Ana o‘sha bir xurmoni siz uchun tarbiyalab undan sizga bir adirchalik savob berguvchi zot sizning Rahiym va Rahmon bo‘lgan Robbbingizdir.

Unutmang, 1000 so‘m.

Said Komil Holxo‘jayev


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!