“Dushmanim mendan qo‘rq!”: Shimoliy Koreya noma’lum qurolni sinovdan o‘tkazdi

“Dushmanim mendan qo‘rq!”: Shimoliy Koreya noma’lum qurolni sinovdan o‘tkazdi

Pxenyan yangi raketa uchirdi. Bu haqda Seuldagi Bosh shtab rahbarlari ma’lum qilishdi. Janubiy Koreyalik harbiy mutaxassislar osmonda raketaga o‘xshash nimadir ko‘rganliklarini, ammo aniqlay olmaganliklarini tan olishdi.

Ularning so‘zlarini ta’kidlagan holda "Shimoliy Koreya noma’lum qurolni ishga tushirdi", deb xabar berdi “YonhapNews”.

Raketa Yaponiyaning iqtisodiy zonasi tashqarisida joylashgan dengizga tushganligi bois Tokio dengizchilarini "sergak turing", deb ogohlantirgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019 yil may oyidan beri Pxenyan yangi modifikatsiyadagi harbiy qurollarni 12 marta sinovdan o‘tkazdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!