"Dunyo Putinga minnatdorchilik bildirishi kerak", - sobiq josus

"Dunyo Putinga minnatdorchilik bildirishi kerak", - sobiq josus

AQSh dengiz piyodalari korpusining iste’fodagi razvedkachisi Skott Ritter Finian Cunningham YouTube kanaliga bergan intervyusida jahon hamjamiyati Rossiya prezidenti Vladimir Putindan G‘arb davlatlarining provokasiyalariga munosib javob qaytargani uchun minnatdor bo‘lishi kerakligini aytdi.

“Rossiyada G‘arbning bu jirkanch provokasiyalariga munosib javob beradigan Vladimir Putin timsolida yetuk rahbar borligidan dunyo minnatdor bo‘lishi kerak”, — deya Ritter so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Sobiq razvedkachining qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Vashington va uning ittifoqchilarining provokasiyalariga muvozanatli munosabat strategiyasini tanlagan.

Ritterning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning o‘rnida bo‘lganida, allaqachon "Germaniya va Polshaning transport markazlarini bombardimon qilishni" boshlagan bo‘lardi.

Shuningdek, u G‘arbning xatti-harakatlarini “mas’uliyatsizlik va provokasion” deb atadi, bu esa oxir-oqibat uning mag‘lubiyatiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!