Dunyo aholisi boshidan o‘tgan eng dahshatli uch o‘lat

Dunyo aholisi boshidan o‘tgan eng dahshatli uch o‘lat

O‘tmishda o‘latlar ko‘p bo‘lgan. Ammo ulardan uchtasi o‘ta dahshatli kechgan.

Birinchisi, Misrda boshlangan «Yustinianova o‘lati» 60 yil hukm surgan va O‘rta Yer dengizi mamlakatlarini butunlay bo‘shatib tashlagan.

Epidemiya avjiga chiqqan 542 yilda Konstantinopolda har kuni minglab odam vafot etgan. O‘lat 100 million odamning boshiga yetgan. Vizantiya taxminan yarim aholisidan ajralib qolgan.

Ikkinchi pandemiya — «Qora ajal» — Osiyoda boshlangan. 1050-1200 yillar ichida Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy, Shom va Misrga keng yoyilgan. 1346-1348 yillarda Yevropada kuchaygan va 25 million odamni olib ketgan.

Uchinchi o‘lat pandemiyasi — 1855 yil Xitoyning Yunnan provinsiyasida boshlangan va tez orada Xitoyning Markaziy va Janubi-Sharqiy hududlarini qamrab olgan.  Keyin esa 87 ta port shaharga yoyilgan.

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!