Donald Tramp: "Do‘stim Kim Chen Inda ajoyib imkoniyat bor"

Donald Tramp: "Do‘stim Kim Chen Inda ajoyib imkoniyat bor"

Amerika Prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inni do‘stim deb atadi.

O‘zAning yozishicha, Vyetnam Yer yuzidagi sanoqli hududlar kabi gullab-yashnamoqda. KXDR yadroviy qurolsizlanishga rozi bo‘lsa, u ham tez orada shunday bo‘ladi. Buning uchun mening do‘stim Kim Chen Inda tarixda bo‘lmagan katta salohiyat, ajoyib imkoniyat bor deb yozgan Tramp Tvitterdagi sahifasida.

Avval xabar berilganidek, seshanba kuni AQSh Prezidenti KXDR yetakchisi bilan uchrashish maqsadida Vyetnam poytaxti Xanoyga yetib kelgan edi. Bugun, kunning ikkinchi yarmida ikki davlat rahbarlarining sammiti boshlanishi kutilmoqda. ​​


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!