Diqqat! Milliy gvardiya abituriyentlarni jiddiy ogohlantirdi!

Diqqat! Milliy gvardiya abituriyentlarni jiddiy ogohlantirdi!

Joriy yilning avgust oyi boshlarida Ishtixon tumani Xalqobod mahallasida istiqomat qiluvchi 20 yoshli fuqaro Z.A. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 2019 yil mart-aprel oylarida tanishi N. B. o‘zini Toshkent shahar Milliy gvardiyasida ishlashini aytib, ishonchiga kirib, uni Milliy gvardiya Harbiy-texnika institutida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 8000 AQSh dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 1500 AQSh dollarini olgani, va’dasini bajarmagandan so‘ng, 2019 yil iyul oyilarida 1000 AQSh dollarini qaytarib berib, qolgan pullarini hozirga qadar qaytarib bermayotganligi sababli, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Milliy gvardiya xabar bermoqda.

"Fuqaro Z.A.ning arizasi asosida Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan 32 yoshli N.B.ga nisbatan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan hamda holat bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik), 28-moddasi (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi 1-qismida (Pora berish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari borligini aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shuningdek, olib borilgan surishtiruvlar natijasida nafaqat 2019 yilda balki joriy yilda yilda ham Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan nomzodlar ro‘yxatida arizachi Z.A.ning yo‘qligi aniqlandi hamda fuqaro N.B. Milliy gvardiya tizimida xizmat qilmasligi va shu bilan birga, muqaddam hech qaysi huquqni himoya qiluvchi organlar tarkibida ham faoliyat yuritmasligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda ushbu holat yuzasidan  Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, firibgarlarga aldanib, jinoyatga sherik bo‘lmang!

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini ishontirib aytamizki, pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yaman, degan firibgarlarning havoyi va’dalariga ishonib qolish oqibatida o‘zingizga jabr qilmang. O‘z bilimiga ishonib, katta umidlar bilan oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

P.S. / Agar sizga moddiy boylik evaziga Milliy gvardiya tizimiga ish yoki o‘qishga kiritib qo‘yish taklifi bilan murojaat etishsa, bu haqda darhol bizga quyidagi telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Shaxsiy tarkib bo‘yicha inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari telefon raqamlari

Toshkent shahri bo‘yicha – 71-298-70-48

Toshkent viloyati bo‘yicha – 70-764-70-33

Sirdaryo viloyati bo‘yicha – 67-226-70-79

Jizzax viloyati bo‘yicha – 72-226-62-06

Samarqand viloyati bo‘yicha – 99-337-78-59

Navoiy viloyati bo‘yicha – 99-021-05-07

Buxoro viloyati bo‘yicha – 65-221-87-70

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha – 91-456-11-55

Surxondaryo viloyati bo‘yicha – 76-221-10-79

Andijon viloyati bo‘yicha – 74-224-11-05

Farg‘ona viloyati bo‘yicha – 73-244-35-17

Namangan viloyati bo‘yicha 69-224-84-58

Xorazm viloyati bo‘yicha – 99-965-68-69

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha – 61-225-06-86", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!