Diyego Simeone afsonaviy murabbiy Luis Aragonesning rekordini takrorladi

Diyego Simeone afsonaviy murabbiy Luis Aragonesning rekordini takrorladi

Madridning «Atletiko» klubi Ispaniya chempionatining 25-turida kechgan 28 fevral kungi bahsda «Vilyarreal»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Bu Diyego Simeone uchun madridliklar boshqaruvida qo‘lga kiritilgan 308-g‘alaba bo‘ldi. Shu tariqa Simeone «Atletiko»dagi g‘alabalar soni bo‘yicha klubning sobiq ustozi Luis Aragonesning rekordini takrorladi.

Shu bilan birga argentinalik mutaxassis mazkur natijaga erishish uchun 512 ta o‘yin sarfladi. Aragones esa undan yuzta ko‘p (612) o‘yin o‘tkazib, rekordni qayd etgandi.

Ayni damda «Atletiko» La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisi «Barselona»ni olti ochko ortda qoldirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!