Dezinformasiyaga qarshi sanksiya

Dezinformasiyaga qarshi sanksiya

Fransiya Yevropa Ittifoqiga Rossiyaning butun dunyo bo‘ylab dezinformasiya va saylovlarga aralashish amaliyotlariga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi.

Parij taklifi Yevropa Ittifoqiga butun dunyo bo‘ylab Rossiya tomonidan homiylik qilingan “beqarorlashtiruvchi faoliyat”ga aloqador shaxslar va tashkilotlarga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga imkon beradi. Bunday sanksiyalarni joriy etish allaqachon Estoniya, Latviya, Litva, Niderlandiya va Polsha tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

Hujjat loyihasida aytilishicha, “Rossiyaga aloqador aktyorlar tomonidan beqarorlashtiruvchi harakatlar butun Yevropada ham kuchaygan, chunki Rossiya rejimi turli gibrid vositalar orqali demokratiya, barqarorlik va qonun ustuvorligini buzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirmoqda”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!