Davlatning puliga dabdabali kecha uyushtirgan va xonasini ta’mirlagan vazir ishdan ketdi

Davlatning puliga dabdabali kecha uyushtirgan va xonasini ta’mirlagan vazir ishdan ketdi

Fransiyaning ekologiya vaziri Fransua de Ryuji davlat hisobidan shohona kechki ovqat uyushtirgani mojarolaridan so‘ng uchun ishdan ketdi. «Zakon.kz»ning yozishicha, u mamlakat bosh vaziri Eduar Filippga iste’foga chiqish haqida ariza qoldirgan.

«Oilamga OAVlar tomonidan bo‘layotgan ayblovlar va hujumlar sharoiti zarur qadam tashlashimga turtki bo‘ldi va buni hamma tushunadi. Shu sababli bugun ertalab bosh vazirga iste’foga chiqish haqida ariza qoldirdim», — degan de Ryuji o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

Qayd etilishicha, u byudjet mablag‘lari hisobiga o‘z rezidensiyasida do‘stlari uchun shohona kecha o‘tkazgan. O‘ndan ortiq o‘tkazilgan bunday dabdabali kechalarda mehmonlarga taqdim etilgan vinolar bir shishasining bahosi 500 dollardan ortiq bo‘lgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Fransua de Ryuji byudjet mablag‘idan o‘zining 63 ming yevroga teng xizmat xonasini ta’mirlagan. Bundan tashqari, siyosatchi Fransiya janubidagi Nant shahrida davlatga tegishli uy-joyni imtiyozli ijaraga olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!