Davlat xizmatlari ko‘rsatishda rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Davlat xizmatlari markazlari odamlar uchun qulayliklar markazlariga aylandi – har qanday xizmat bir binoda, bir joyda.

Davlat xizmatlari markazlari yangi tashkil etilgan 2017 yilda 37 turdagi xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, hozir ularning soni 335 taga yetdi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni esa 580 dan oshdi.

Davlat xizmatlari markazlari filiallari soni 138 taga yetdi. Muhimi, barcha markazlar eng zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Adliya vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, 2023 yil davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 13 milliondan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilgan.

Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganidan buyon har kuni markazlarga tashrif buyurgan fuqarolar soni joriy yil 15 aprel kuni rekord natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi.

Ya’ni, shu kuni markazlarga kun davomida 121 mingdan ortiq fuqaro tashrif buyurgan.

Shundan 96 ming 366 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, 25 mingdan ortig‘i xizmat natijasini olish uchun kelgan.

Davlat xizmatlari markazlarida bir fuqaroga xizmat ko‘rsatishning o‘rtacha vaqti 3 daqiqa 10 soniyani tashkil etmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish ustida doimiy ish olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!