Davlat tashkilotlari xodimlari uchun yana bir mukofot ta’sis etildi (foto)

Davlat tashkilotlari xodimlari uchun yana bir mukofot ta’sis etildi (foto)

Hukumat qarori (240-son, 16.03.2019 y.) bilan Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.

Nimzomga muvofiq, ko‘krak nishoni bilan davlat organlari xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlari uchun taqdirlanadi.

Davlat organlari o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni xar yili 1 oktyabrga kadar adliya organlariga taqdim etishi lozim.

Adliya vazirligida nomzodlar bo‘yicha hujjatlar o‘rganilib, har yili 20 noyabrga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi.

Ko‘krak nishoni Konstitusiya kuni arafasida adliya vaziri tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!