Daniya ijtimoiy tarmoqlarda tartibni kuchaytirmoqchi

Daniya ijtimoiy tarmoqlarda tartibni kuchaytirmoqchi

Daniya hukumati nohukumat tashkilotlar bilan kuchlarni birlashtirib, ijtimoiy platformalarda tartib-qoidalarni kuchaytirmoqda, deb yozadi Euronews.

“Biz bolalar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan juda katta va kuchli texnologiya gigantlariga qarshi turibmiz”, – dedi Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen.

Faollar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning kontentni yoshga qarab filtrlashga rasmiy munosabatidan xavotirda

"Aniq yoshni tekshirish kerak. Yoshga mos kontent talab qilinadi. Har doim kattalar bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lishi kerak”, – dedi Save the Children Denmark Bosh kotibi Yoxanna Shmidt-Nilsen.

Komissiyaning bu boradagi vazifasi bolalar va o‘smirlarning e’tiborini ijtimoiy tarmoqlardan butunlay chalg‘itib, ularning telefonda o‘tkazadigan vaqtini qisqartirishga harakat qilishdan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!