Dahshatli qotillik: buxorolik erkak voqea joyida halok bo‘ldi

Dahshatli qotillik: buxorolik erkak voqea joyida halok bo‘ldi

2021 yilning 15 iyul kuni soat 04:20 larda, Kogon tumani “O‘rtacho‘l” mahallasi, “O‘rtacho‘l” qishlog‘ida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan H.J. ismli shaxs, mahalladoshi B.S. va shu mahallada tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Buxoro tumani Sheyxoncha mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan O‘.A. lar bilan birgalikda spirtli ichimlik ichgan mast holatda O‘.A. bilan o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida uning tanasi turli joylariga oshxona pichog‘ini sanchib og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada jabrlanuvchi O‘.A. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan H.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi (qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!