Dahshat! Chaqaloqni sopol xumga solib, tiriklay ko‘mishdi

Dahshat! Chaqaloqni sopol xumga solib, tiriklay ko‘mishdi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida tiriklayin ko‘milgan chaqaloq qazib olindi. Hozir u shifoxonada, deb xabar berdi «Rambler».

Go‘dakni o‘lgan qizini ko‘mayotgan qishloq fuqarosi topib olgan. Qizchani sopol xumchaga solib, taxminan 90 sm yer ostiga ko‘mib qo‘yishgan. Uni shu zahoti shifoxonaga olib borishgan. Hozir chaqaloqning salomatligi tiklanmoqda, deb yozadi «BBC».

Polisiya hodisa yuzasidan tergov harakatlarini boshlab yuborgan.

«Bolaning ota-onasini topishga urinyapmiz. Ular o‘zaro kelishib shunday qilishgan, degan gumondamiz», — deydi mahalliy polisiya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy kishi tug‘ilgan zahoti hayotdan ko‘z yumgan o‘z qizi uchun qabr qaziyotganda kuragi bexosdan xumchaga tegib ketadi. Ochib qarasa, ichida, ne ko‘z bilan ko‘rsinki — tirik chaqaloq.

Hindistonda qizlar, ayniqsa, aholining nochor qatlami uchun moliyaviy muammo hisoblanadi. Shu bois tug‘ilgan zahoti bolalarni o‘ldirish holatlari ko‘p uchraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!