Coca-Cola Rossiya bozorini tark etgach, 195 mln dollar zarar ko‘rdi

Coca-Cola Rossiya bozorini tark etgach, 195 mln dollar zarar ko‘rdi

Coca-Cola HBC AG (CCHBC) Rossiya bozorini tark etganidan so‘ng 2022 yilning birinchi yarmida 190 mln yevro (195,4 mln dollar) zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya Rossiyadagi zaxiralarini butunlay tugatgan va Coca-Cola mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatgan.

Shuningdek, Rossiyadagi Coca-Cola fabrikalarida ishlab chiqarish aprel va iyun 46 foizga kamaydi

Shu bilan birga, kompaniyaning mahalliy brendlari, masalan, Rich, «Dobriy» va «Moya semya» sharbatlari foyda keltirishda davom etmoqda, dedi CCHBC bosh direktori Zoran Bogdanovich.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya brendlari Amerikaning The Coca-Cola Company kompaniyasi bilan hech qanday hamkorlik qilmayapti.

Bogdanovich Rossiyadagi biznesini qisqartirish doirasida bu mamlakatdagi xodimlarini ishdan bo‘shatishga to‘g‘ri kelganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, Coca-Cola Hellenic Bottling Co. ning Rossiyada 10 ta zavodi mavjud

Coca-Cola iyun oyida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!