Chegaradagi o‘zbekistonliklar qo‘yib yuborildi

Chegaradagi o‘zbekistonliklar qo‘yib yuborildi

Avvalroq, Rossiyadan 10 ta avtobusda kelayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari 16 avgust kuni Omsk viloyati Cherlaksk tumanidagi “Olxovka” chegara postida ushlab qolingani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 20 avgust kuni OAV voqea haqida xabar bera boshlagach, chegara posti xodimlari 10 ta avtobusdagi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini hech qanday savollarsiz rus-qozoq chegarasidan o‘tkazib yuborgan.

Avtobuslar 500 nafar odamni Rossiyaning shimoliy shaharlaridan Qozog‘istonning Turkiston viloyatiga olib kelayotgan bo‘lgan.

Ayni vaqtda avtobuslar Pavlodar va Eksbastuz shaharlaridan o‘tgan.

“Chegaradan o‘tgach, darhol yaqin oradagi ovqatlanish shahobchasida to‘xtadik. Ovqatlanib, suv sotib olgach, yo‘lga tushdik. Odamlar barchasi ortda qolganidan va bayramga o‘z vaqtida uylariga yetib borishlari mumkinligidan xursand”, degan haydovchilardan biri.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, ular ertaga oqshomda Chimkentga yetib keladilar. U yerdan O‘zbekiston va Tojikistonga keta oladilar.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!