Byudjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi

Byudjet ishchilarining maoshi to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi

Markaziy bank direktori Mamarizo Nurmuratov aytishiga qaraganda Toshkentda Humo to‘lov tizimi to‘liq ishga tushirilganidan keyin, byudjetdan maosh olayotgan ishchilar oyliklari to‘liq plastik kartalarga o‘tkazilishini xabar qildi, Gazeta.uz xabariga asosan.  

“Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi”, - dedi Markaziy bank rahbari.   

Nurmuratov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Markaziy bank O‘zbekiston fuqarolari 2019 yilning birinchi choragida kredit kartalardan ko‘proq foydalanayotgani haqida hisobot e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!