Buyuk Britaniya bosh vaziri Jonson iste’foga chiqqanidan keyin Ukraina “eng yaxshi do‘sti”ni yo‘qotdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Jonson iste’foga chiqqanidan keyin Ukraina “eng yaxshi do‘sti”ni yo‘qotdi

Ukraina Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning iste’foga chiqish qaroridan so‘ng uning timsolidagi “eng yaxshi do‘sti”ni yo‘qotdi.

Bu haqda Politico yozmoqda.

Maqolada aytilishicha, siyosatchining iste’foga chiqishi haqidagi xabar uning Kiyevdagi ittifoqchilarining ruhini tushkunlikka solgan. Qayd etilishicha, shu munosabat bilan Ukraina rasmiylari London bundan buyon “Ukraina bilan yaqin do‘stlik aloqalari” siyosatiga amal qilmasligidan xavotirda.

Xususan, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba hech kim Jonsonning o‘rnini bosa olmaydi, degan ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!