Buxorolik erkakning jinoyati — "Kaptiva" operasiyasi" fosh bo‘ldi

Buxorolik erkakning jinoyati — "Kaptiva" operasiyasi" fosh bo‘ldi

Buxoro shahrida 3 dekabr kuni A.Somiy ko‘chasida yashovchi fuqaro F.S. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 19 iyul kuni Buxoro tumanida yashovchi J.S. fuqaro F.S.ga tegishli “Kaptiva” rusumli avtomashinasini 31000 AQSh dollariga sotib olishini, oldindan 2000 AQSh dollarini berib, qolgan 29000 AQSh dollarini 3 kun ichida berishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, avtomashinani olib ketganligini va shu kunning o‘zida avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida J.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!