Buxorolik ayol o‘zini Toshkentdagi Anhor kanaliga tashladi

Buxorolik ayol o‘zini Toshkentdagi Anhor kanaliga tashladi

Toshkent shahri Shayxontohur tumani Anhor bo‘yi ko‘chasi bo‘ylab jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant A.Murodov tomonidan joriy yilning 20 oktyabr kuni taxminan soat 14:00larda ushbu yo‘nalishdagi Anhor kanaliga o‘zini tashlagan ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki surishtiruv jarayonida qutqarilgan fuqaro Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashovchi, 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan SH.N. bo‘lib, oilaviy muammolari borligi sabab o‘z joniga qasd qilishga uringanligi aniqlangan.

Hozirda Shayxontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!