Buxoroda o‘quvchilar hojatxonada dars o‘tgani tasdiqlandi

Buxoroda o‘quvchilar hojatxonada dars o‘tgani tasdiqlandi

Kogon shahridagi 9-maktab hojatxonasida o‘quvchilar uchun dars o‘tilayotgani haqidagi xabar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan.

XTB xabariga ko‘ra, bundan bir oycha avval hojatxonalardan biri o‘quvchilar bilan alohida, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda foydalanish uchun rekonstruksiya qilingan. 13 dekabr kuni bu xonada 9-sinf o‘quvchilaridan o‘zbek tili o‘qituvchisi rahbarligida o‘zbek tilidan nazorat ishi olingan.

Tarqalgan boshqa suratlardagi hojatxona va yuvinish xonalaridan yillar davomida foydalanilmagan va yopib qo‘yilgan.

Maktab 1986 yilda qurilgan bo‘lib, 2013 yilda kapital ta’mirdan chiqarilgan. 3 qavatli binoda har bir qavatida hojatxona loyihalashtirilgan bo‘lsa-da, barcha qavatlarda hojatxona yo‘q.

Maktab hojatxonasi 1-qavatda joylashgan va hamisha shu hojatxonadan foydalanib kelinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!