Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarga hukm o‘qildi

Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining ochiq sud majlisida sudlanuvchi N.F.K.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi. Bu haqda "aniq.uz"ning ishonchli manbasi xabar berdi.

 Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi N.F.K. Buxoro Vatanparvar avtomobil maktabida ishlab kelib, o‘z xizmat vazifasidan foydalanib, A.SH.U. ismli shaxsdan haydovchilik guvohnomasi uchun o‘tkaziladigan imtihondan o‘tkazish maqsadida        ma’lum so‘mma evaziga       o‘zganing mulkini aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida o‘zining vakolatli tanishlaridan foydalanib, jinoyat ishiga qo‘l uradi.                                   

 Jumladan, A.SH.U. haydovchilik imtihonidan 2 marotaba o‘tolmagan va qayta tayyorlanish uchun Buxoro shahridagi haydovchilarni qayta tayyorlash o‘quv markaziga kelgan. U bu yerda N.F.K. bilan tanishib qolib, unga xaydovchilik guvoxnomasini olish uchun imtihondan o‘tishi kerakligini aytgan. N.F.K. esa yordam berishini aytib, evaziga undan 500.000 so‘m pul talab kilgan. N.F.Kning talabi noqonuniy bo‘lganligi sababli A.SH.U. bu haqda Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. U yerda unga 500.000 so‘m pulga xolislar ishtirokida maxsus qalam bilan ishlov berilib,  N.F.K.ga berish uchun berishgan. U Departament xodimlari bergan 500.000 so‘m pulni olib, N.F.K.ga berish vaqtida Departament xodimlari N.F.K.ni ushlashgan. N.F.K. esa haydovchilik guvohnomasini olish uchun aynan kim orqali gaplashishi kerakligini bilmaganligini, bu haqda N.F.K. unga aytmaganligini  bildirib ko‘rsatma berdi.

  Sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqrorligini, sodir qilgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, ijtimoiy ahvolini inobatga olgan holda, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 1-qismi bilan har oylik ish haqining 20 foizi mikdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 25,28,211-moddasi 1-qismi bilan 3 (uch) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat Kodeksi 59-moddasi 2-kismiga asosan tayinlangan jazolarning engilini og‘irrog‘i bilan qoplab, o‘tash uchun 3 (uch) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!