Bugun AQSh prezidenti Jo Bayden davlat xizmatchilari uchun emlanish majburiyligini e’lon qiladi

Bugun AQSh prezidenti Jo Bayden davlat xizmatchilari uchun emlanish majburiyligini e’lon qiladi

Nashr tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, barcha davlat xizmatchilari va federal hukumat buyurtmasini bajarayotgan korxonalar xodimlari emlanishi shart yoki emlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Emlanmagan bo‘lsa, ular muntazam ravishda test topshirishlari kerak bo‘ladi.

Telekompaniyaning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti hozircha ushbu tartibni harbiy xizmatchilarga joriy qilmoqchi emas, lekin Pentagonga ushbu masalada tavsiya berish niyatida.

O‘tgan seshanba kuni Jo Bayden AQSh hukumati federal davlat xizmatchilariga emlanishni majburiy qilib qo‘yish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarni tasdiqlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!