Bu hazil emas! Osiyoliklar, boyligingizni yaxshilab berkitib qo‘ying...

Bu hazil emas! Osiyoliklar, boyligingizni yaxshilab berkitib qo‘ying...

Buyuk Britaniyada yashovchi Osiyo oilalaridan diniy bayramlarda, jumladan, Navaratri va Divalida o‘z uylarida oltin buyumlarini hamda pullarini saqlamaslik so‘ralmoqda. Bu “Daily Mail” xabar bermoqda.

Skotlend-Yardning ushbu talabnomaga aniqlik kiritishicha, mamlakatda shunday bir jinoiy guruh bor bo‘lib, ular aynan osiyolik, yahudiy yoki maltalik oilalarning uylariga o‘g‘irlikka tushib, ularning merosiy bo‘lgan buyumlarini olib ketishar ekan.

Statistikaga ko‘ra, 2017 yilda mamlakatda 1891 o‘g‘irlik sodir bo‘lgan bo‘lib, ularning qurbonlari Osiyo fuqarolari ekanligi qayd etilgan. Aniqlanishicha, jinoyatchilar jami 9 million funt (taxminan 10,2 million evro) miqdoridagi 6,3 mingdan ziyod zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketishgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!