Britaniya Ukrainaga ayni miqdorda yoki undan ham ko‘proq yordam berishda davom etadi

Britaniya Ukrainaga ayni miqdorda yoki undan ham ko‘proq yordam berishda davom etadi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak kelasi yili London Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etishini e’lon qilmoqchi. Bu hech bo‘lmaganda hozirgidek hajmda yoki extimol bundan ham ko‘proq bo‘ladi.

Bu haqda Reuters bosh vazirning dushanba kuni chiqishi kerak bo‘lgan nutqi loyihasi bilan tanishib chiqib xabar bermoqda.

Sunak raqobatchi kuchlarga qarshi "chiroyli so‘zlar bilan emas, balki kuchli pragmatizm bilan" raqobatlashish niyatida ekanligini ta’kidlagan.

Harbiy yordam borasida Britaniya Kiyevning eng saxovatli ittifoqchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Qo‘llab-quvvatlash darajasiga Britaniyaning moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgani va so‘nggi oylarda Dauning-stritdagi qarorgohda uchta vazirning almashgani ta’sir qilmadi.

Boris Jonsonning shov-shuvli iste’fosidan so‘ng hukumatni boshqargan Liz Trass 50 kun ham bosh vazir kursisida qolmadi va ikki oy avval partiyaviy saylovlarda mag‘lub bo‘lib, Rishi Sunakga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!