Britaniya qo‘rqib ketdi: Yaqin Sharqda fuqarolarini Livandan evakuasiya qilishga tayyorlanmoqda

Britaniya qo‘rqib ketdi:  Yaqin Sharqda fuqarolarini Livandan evakuasiya qilishga tayyorlanmoqda

Britaniyaning konsullik, chegara va harbiy amaldorlari Hizbulloh va Eron tomonidan Isroilga qarshi olinajak qasos tahdididan so‘ng mintaqaga yo‘l oldi.

«Buyuk Britaniya o‘tgan haftada Bayrut va Tehronda sodir etilgan suiqasdlar ortidan Britaniya fuqarolarini Livandan evakuasiya qilish uchun tayyorgarlikni kuchaytirdi - bu qotilliklar G‘azodagi urushni butun mintaqa miqyosidagi mojaroga aylantirish bilan tahdid qilmoqda», deb yozadi The Guardian nashri.

Britaniya bayonotida konsullik ekspertlari, chegara kuchlari rasmiylari va harbiy xizmatchilar «bir qator mumkin bo‘lgan mojaro stsenariylarini» rejalashtirish doirasida mintaqaga yuborilgani qayt etilgan.

Shanba kuni hukumat Livandagi Britaniya fuqarolarini AQSh va boshqa bir qator mamlakatlarga qo‘shilib, imkoniyat bor vaqtida mintaqanini tark etishga chaqirdi. O‘tgan haftada o‘nlab aviakompaniyalar Livan va Isroilga parvozlarni to‘xtatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!