Bosqinchi Isroil G‘azodagi maktabga zarba berib, kamida 20 kishini o‘ldirdi

Bosqinchi Isroil G‘azodagi maktabga zarba berib, kamida 20 kishini o‘ldirdi

G‘azo markazidagi Nuseyrat lagerida joylashgan Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar bo‘yicha Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) maktabiga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.

Bu haqda «Al-Jazeera» telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi «Report» .

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumga uchragan binoda minglab ko‘chirilganlar yashagan. Falastinning WAFA agentligi Nuseyrat kasalxonasida kamida 50 kishining davolanayotganini bildirdi.

UNRWA o‘zining «X» ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida Isroil kuchlari so‘nggi 10 kun ichida unga aloqador beshta maktabni nishonga olganini aytdi. Shu bilan birga, agentlik xalqaro hamjamiyatni G‘azodagi BMT ob’ektlarini himoya qilishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!