Bosh prokuratura blogerlarni himoya qiladi

Bosh prokuratura blogerlarni himoya qiladi

AOKAda Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirokida «2019 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida prokuratura organlari faoliyati» mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda jurnalistlar tomonidan coliq organlari tomonidan bloger Ashurboyev Azizbek Abdukarimovichning telefoni hamda uning «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi olib qo‘yilganligi (https://t.me/ZnewsZ/2655) holati yuzasidan ham savol berildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev mazkur masala yuzasidan fikr bildirib, ushbu holat Bosh prokuraturaning alohida nazoratiga olinganligi, bugungi kunda Departament tomonidan davlat idoralari xodimlarining bloger A.Ashurboyevga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruv tayinlanganligini aytdi.

Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosari E.Yuldashev bugungi Xalqaro blogerlar kuni munosabati bilan yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha blogerlarni tabrikladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!