Boris Jonson va Erdog‘an alohida suhbatlashishdi. Mavzu nima?

Boris Jonson va Erdog‘an alohida suhbatlashishdi. Mavzu nima?

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an NATO sammiti paytida uchrashib, pandemiyaga qarshi kurash va koronavirusga qarshi emlash muammosini muhokama qildilar.

"Ular pandemiyani yengish va Buyuk Britaniya hamda Turkiya o‘rtasidagi havo qatnovini tiklash uchun birgalikda ishlashning muhimligi to‘g‘risida kelishib oldilar", deyiladi Britaniya hukumati rahbari ma’muriyati tomonidan berilgan bayonotda.

Mamlakatlar rahbarlari savdo va mudofaa kabi qator yo‘nalishlarda munosabatlarni chuqurlashtirish ustida ishlashga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, Jonson va Erdog‘an tashqi siyosatning boshqa qator masalalarini, jumladan Suriya, Liviya va Afg‘onistonni muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!