Boris Jonson Ukrainada. U Zelenskiy bilan uchrashdi

Boris Jonson Ukrainada. U Zelenskiy bilan uchrashdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun Kiyevga keldi. Bu haqda Ukraina prezidentining yordamchisi Andrey Sibixa ma’lum qildi.

“Boris Jonsonning Kiyevga tashrifi hozirgina prezident Zelenskiy bilan yakkama-yakka suhbatdan boshlandi”, — dedi Sibiha ularning suratini joylashtirib.

Suratda ikki davlat rahbarlari katta xonada bir-biriga qarama-qarshi o‘tirishgan.

Jonson Zelenskiy bilan Ukrainaga qo‘shimcha moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qilgan. Bungacha Buyuk Britaniya bosh vazirining tashrifi e’lon qilinmagan edi.

"Buyuk Britaniya Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yetakchi hisoblanadi", dedi Sibixa.

Britaniya hukumati vakilining aytishicha, Jonson Zelenskiy bilan shaxsiy uchrashuvga “Ukraina xalqi bilan birdamlik bildirish” uchun kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!