Boliviyadagi siyosiy tanazzulni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish chaqirilishi mumkin

Boliviyadagi siyosiy tanazzulni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish chaqirilishi mumkin

Kolumbiya tashqi ishlar mahkamasi Amerika davlatlari tashkilotiga murojaat qilib, Boliviyadagi siyosiy tanazzulni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish chaqirilishini so‘radi, deyiladi TASS xabarida.

Mahkama bayonotida, Kolumbiya zudlik bilan navbatdan tashqari sessiya chaqirilishini so‘rashi aytilgan. Eslatib o‘tamiz, yakshanba kungi voqealardan so‘ng Boliviya Prezidenti iste’foga chiqishi, uning ortidan mamlakatning aksariyat yuqori martabali amaldorlari, jumladan, vise-prezident Alvaro Garsiya Linera ham iste’fo berishi ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!