Bokudagi mudofaa vazirlari kengashida Ozarbayjon Prezidenti ham ishtirok etdi

Bokudagi mudofaa vazirlari kengashida Ozarbayjon Prezidenti ham ishtirok etdi

Bugun, 30 oktyabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stliga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlarni kengashining 77-sammiti bo‘lib o‘tdi.

Unda Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu, Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov, O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahdodir Qurbonov, Belarus Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Andrey Ravkov, Qozog‘iston mudofaa vaziri general-mayor Nurlan Yermekbayev, Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo, Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Rayimberdi Duyshenbiyev, MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.

Asosiy yig‘ilish oldidan mudofaa vazirlari Boku shahridagi “Shahidlar maydoni”da bo‘lib, “Mangu olov” monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi va mamlakat hududiy yaxlitligi yo‘lida jon fido qilgan ozar harbiy xizmatchilariga hurmat bajo keltirdi.

MDH ga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining kengashida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ham ishtirok etdi.

Sammit kun tartibidan MDH davlatlarining 2025 yilgacha harbiy sohadagi hamkorligi konsepsiyasi, radiasiya, kimyoviy va biologik sohalarda qo‘shma monitoring va vaziyatni baholashga oid masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, vazirlar “Xalqaro armiya o‘yinlari – 2019” natijalarini sarhisob qilib, MDH harbiy kuchlari uchun ofiser kadrlar tayyorlash hamda “Ilmning boshlanishi” xalqaro ilmiy g‘oyalar festivalining o‘tkazishni muhokama qildilar. Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan alohida suhbat bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!