Bojxonachilar “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida o‘q-dorilarni fosh etishdi

Bojxonachilar “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida o‘q-dorilarni fosh etishdi

Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni olib kirish mumkin emas. Bojxona xodimlari tomonidan bu kabi salbiy holatlarni oldini olish yo‘nalishida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida 324-sonli “Volgograd-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida harakatlanayotgan fuqaro Q.U.ning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Ushbu shaxs joylashgan vagon kupesi bojxona nazoratidan o‘tkazilishi davomida u yostiq ichiga 75 dona ov miltig‘i gilzalari va 5 kg droblarni yashirgan holda  yurtimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Manba: makan.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!