Bir haftalik tanaffusdan so‘ng husiylar yangi harbiy amaliyotlar o‘tkazishini e’lon qildi

Bir haftalik tanaffusdan so‘ng husiylar yangi harbiy amaliyotlar o‘tkazishini e’lon qildi

Bir haftalik tanaffusdan so‘ng yamanlik husiylar AQSh va Isroil kemalariga, shuningdek, Adan ko‘rfazidagi Amerika esminesiga qarshi yangi harbiy amaliyotlar o‘tkazishini e’lon qildi.

Husiylar harbiy voizi Yahyo Sariya “Al-Masirah” telekanalida bu Falastin xalqining zulmi va Amerika-Britaniyaning Yamanga qarshi tajovuziga javob sifatida amalga oshirilayotganini aytdi.

“Yaman harbiy-dengiz kuchlari Amerikaning “MAERSK YORKTOWN” kemasiga qarshi Adan ko‘rfazida kema raketalari yordamida harbiy operasiya o‘tkazdi, ularning zarbasi aniq bo‘ldi”, — dedi voizSariya.

Uning qo‘shimcha qilishicha, havo kuchlari shu vaqt ichida ikkita dron operasiyasini amalga oshirgan. Birinchi holatda nishon Adan ko‘rfazidagi Amerika esminesi, ikkinchisida Hind okeanida Isroilning MMSC VERACRUZ kemasi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!