Bir gektardan 40 sentnerdan kam don yetishtirgan fermerlardan yer olib qo‘yilishi mumkin

Bir gektardan 40 sentnerdan kam don yetishtirgan fermerlardan yer olib qo‘yilishi mumkin

2019 yildan boshlab boshoqli don ekinlari hosili uchun sug‘oriladigan va lalmi yerlarning har gektaridan 40 sentnerdan kam hosil yetishtirish "erga nisbatan xiyonat" deya baholanadi va yerni olib qo‘yilishgacha bo‘lgan choralar qo‘llaniladi, deya yozadi turon 24. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 27 noyabr kuni tasdiqlangan boshoqli don yetishtirishni yanada rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorida keltiriladi.

Qarorga muvofiq, sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun yagona yer solig‘i stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, agarda fermer har gektar maydon uchun 30 sentner va undan past bo‘lgan hajmda hosil yetishtirsa, yer solig‘ining 2 barobarigacha, 31 sentnerdan 40 sentnergacha bo‘lganida esa yer solig‘ining 1,5 barobarigacha soliq to‘laydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!