Bilasizmi? Golovkin birgina jang uchun 4 mln dollar oladi

Bilasizmi? Golovkin birgina jang uchun 4 mln dollar oladi

15 sentyabrdan 16 sentyabrga o‘tar kechasi AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
Kechaning asosiy jangi o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o‘rtasida kechadi.

Jangga oz fursat qolganida bokschilar ushbu bellashuv uchun qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi. Boxingnews24 xabariga ko‘ra, qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustasi bo‘lajak jangdan 4 mln AQSh dollari miqdorida gonorar oladi. O‘z navbatida uning raqibi Alvares esa 5 mln dollar daromad qiladi. Ya’ni, chiptalar sotuvi, translyasiyalar sotuvidan tushgan mablag‘lar 55 % ga 45 % ko‘rinishida bo‘linadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan jangda mablag‘ 70 % ga 30 % ko‘rinishida "arra qilingan" edi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!