Bezos yana dunyoning eng badavlat odami! Maskning boyligi bir kunda 14 mlrd dollarga kamaydi

Bezos yana dunyoning eng badavlat odami! Maskning boyligi bir kunda 14 mlrd dollarga kamaydi

Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, Amerika birjalaridagi savdolar yakunida Ilon Maskning boyligi 175,7 mlrd dollar deb baholandi. Dushanba kuni uning boyligi 14 mlrd dollarga yoki 7,4 foizga kamaydi.

Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning boyligi esa 181,9 mlrd dollar deb baholandi. Uning boyligi miqdori bir kun ichida 3,8 mlrd dollarga yoki 2,06 foizga kamaydi.

 Ilon Mask 8 yanvar kuni Bezosni ortda qoldirib, dunyoning eng badavlat insoniga aylangandi. O‘shanda uning boyligi 9 mlrd dollarga ko‘payib, 186,5 mlrd dollarni tashkil etgandi. Bezos 185,1 mlrd dollar boyligi bilan ikkinchi o‘ringa tushgandi.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, Maskning boyligi o‘tgan yilning 12 oyi davomida taxminan 100 mlrd dollarga ko‘paygan. Ta’kidlanishicha, dunyoning eng boy 500 kishisi orasida hech kim bunday davr ichida o‘z boyligini bunchalik ko‘paytira olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!